Yo'q" deya olmaslikning hayotga ta'siri katta. Bu jihatlar o'zini tezda sezdirmasa ham, vaqt o'tgach yelkangizga minib olishi mumkin. Tezda rozi boʻlish avvaliga o'zingizni binoyidek his qildirishi mumkin, lekin rozi boʻlganingiz, aslida, qo'lingizdan kelmay-digan ish bo'lsa-chi?
Tabiiyki, bunday vaziyatda ichki muvozanatingiz buziladi.
Qanday deysizmi?
Avvalo, rad etolmaslikning noxush ta'sirlariga to'x-talib o'tamiz.
Xo'sh, bular qaysilar?
1. O'zingiz xohlamagan ishlar bilan mashg'ul bo'-lib, vaqt yo'qotasiz.
2. Kuch-quvvatingiz keraksiz maydonlarda sarfla-na boshlaydi.
3. O'zingizga bo'lgan hurmatni yo'qota boshlaysiz.
4. O'z qo'lingiz bilan shaxsiy chegaralaringizni bu-zasiz.
5. Muloqot qilish imkoniyatingiz cheklanadi.
6. G'am-tashvishdan qutulolmay qolasiz.
7. Real hayot tarzidan uzoqlashasiz.
8. O'zingizga begonalashasiz.
Bu xuddi og'riq qoldirish uchun qabul qilgan dorining tananggizga ta'sir qiladigan salbiy ta'sirlariga o'rganib qolishingizga o'xshash holatdir, aslida.
Bizni qoʻllab quvvatlash uchun kamtarona mehnatimizni boholab keting🙂
Doʻstlarni taklif qilish esdan chiqmasin. Raxmat hammaga ❤️🫠